Donetskda zaharlangan to‘rt nafar zobitning jasadi topildi
Donetskda shaharning Kiyev rayonidagi kvartiralardan birida to‘rt nafar zobitning jasadi topildi. Harbiy tuzilmalar va Donetsk Xalq Respublikasi (DXR) Ichki ishlar vazirligidagi manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, zobitlar oziq-ovqat va spirtli ichimliklardan zaharlangan.
Suhbatdoshlardan birining so‘zlariga ko‘ra, “zobitlardan birining yangi unvonini nishonlash uchun ofitserlar yig‘ilgan kvartirada to‘rtta jasad topilgan. Hammasi zaharlangan, zahar turini aniqlash uchun ekspertiza o‘tkazilmoqda”. Taxminlarga ko‘ra, marhumlar ikkita restorandan oziq-ovqat va qimmatbaho spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, ichimlik ularga sovg‘a qilingan bo‘lishi mumkin.
Hozirda sodir bo‘lgan voqeaning ikkita taxmini ko‘rib chiqilmoqda. Birinchi taxminga ko‘ra, zobitlarning DXR hujumidagi rolini hisobga olib, dushman diversantlari tomonidan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Ikkinchi taxminga ko‘ra, jinoyat mahalliy jinoyatchilar tomonidan zobitlardan biri bilan shaxsiy yoki moliyaviy kelishmovchiliklar tufayli sodir etilgan bo‘lishi mumkin.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Politsiya oziq-ovqat yetkazib bergan kurerlar va marhumlarga spirtli ichimliklarni bergan shaxslarni aniqlamoqda.
Sharhlar