Doxada О‘zbekiston-Qatar biznes-forumi o‘tkaziladi

Фото: Prezident.uz

О‘zbekiston prezidenti Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida ishtirok etayotgan Qatar Davlati moliya vaziri Ali bin Ahmad al-Quvariy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Ali al-Quvariy О‘zbekiston yetakchisiga Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Ikki tomonlama, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Yashil” energetika, transport, sog‘liqni saqlash, turizm, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi. Yil yakuniga qadar Doha shahrida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumi o‘tkazilishi qayd etildi.

Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.