Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina 17 ta drondan 16 tasini urib tushirganini ma’lum qildi
Rossiya armiyasi 12-aprelga o‘tar kechasi Ukrainaga havodan yangi zarbalar berdi, deb yozadi Meduza.
Ukraina qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari bosib olingan Qrim hududidagi Chauda burnidan “Shahed-131/136” turidagi 17 ta zarbdor uchar qurilmalarni hamda Donbassdan X-59 boshqariluvchi aviatsiya raketasini uchirgan.
Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari Nikolayev, Odessa, Xerson, Dnepropetrovsk, Vinnita va Xmelnitsa viloyatlarida 16 ta dronni urib tushirgan. Rossiya zarbalari qanday oqibatlarga olib kelgani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Ukraina Janub mudofaasi kuchlari qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, Rossiya yana Ukraina viloyatlaridagi energetika infratuzilmasini nishonga olgan. Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi qariyb besh soat davomida ishlagan.
O‘z navbatida Rossiya Mudofaa vazirligi 12-aprelga o‘tar kechasi Rostov viloyatida to‘rtta va Belgorod viloyatida bitta samolyot turidagi uchar qurilmalarni urib tushirganini ma’lum qildi.
Sharhlar