Rossiyada tunda 50 ta uchuvchisiz qurilma tutib olindi va yo‘q qilindi

Фото: Astra

Havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari Rossiya hududlari osmonida 50 ta samolyot turidagi uchuvchisiz uchar qurilmalarni tutib oldi va yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

Belgorod viloyatida 26 ta dron tutib olingan va yo‘q qilingan. Ikki kishi halok bo‘lgan. Bryansk viloyatida esa 10 ta dron urib tushirilgan. Energetika infratuzilmasi obyektida yonish sodir bo‘lgan.

Kursk viloyatida 8 ta dron tutib olingan va urib tushirilgan. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lum qilinmagan. Tula viloyatida esa 2 ta dron yo‘q qilingan.

Smolensk, Ryazan, Kaluga va Moskva viloyatlarida bittadan uchuvchisiz qurilma urib tushirilgan. Smolenskda yoqilg‘i-moylash materiallari bo‘lgan idish yonib ketgan. Ta’kidlanishicha, dronlar yonilg‘i-energetika majmuasi obyektiga hujum qilishga uringan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.