Dronlar Nijniy Novgorod viloyatidagi mudofaa zavodiga hujum qildi

Фото: ASTRA

Dronlar Nijniy Novgorod viloyati va boshqa bir qancha viloyatlardagi mudofaa zavodiga hujum qildi, deb yozadi DW.

Shot Telegram kanaliga ko‘ra, portlashlar Dzerjinskdagi portlovchi moddalar ishlab chiqaradigan Sverdlov zavodi hududida sodir bo‘lgan.

“Tunda havo mudofaasi va elektron urush tizimlari Dzerjinsk sanoat zonasi hududiga dron hujumini qaytardi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, korxona hududidagi o‘t o‘chirish bo‘limining to‘rt nafar xodimi mayda shrapnel jarohatlari olgan”, — dedi Nijniy Novgorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin.

Rossiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, Rossiya hududlari osmonida Ukrainaning 110 ta uchuvchisiz samolyoti yo‘q qilingani haqida xabar berdi.

Dronlar Lipetsk va Oryol viloyatlariga ham hujum qildi, Moskva yaqinida bitta dron urib tushirildi, deb aytgan Moskva meri Sergey Sobyanin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.