Dunyodagi eng keksa odam vafot etdi

фото: rbc.ru

1912-yilda tug’ilgan va ikki jahon urushi, ispan grippi va Covid-19 pandemiyasidan omon qolgan Jon Alfred Tinnisvud 112 yoshida vafot etdi.

2024-yil aprel oyida Ginnesning rekordlar kitobi uni dunyodagi eng keksa odam deb tan olgan edi. U bu unvonni venesuelalik 114 yoshli Xuan Visente Peres Mora vafotidan keyin olgan.

U Liverpulda tug’ilgan. 1942-yilda raqsda tanishgan Blodven ismli ayol bilan turmushga qurgan va bir yildan so’ng er-xotinning Syuzan ismli qizi bo’lgan. Er-xotin 1986-yilda Blodven vafot etguniga qadar 44 yil birga yashagan. Tinnisvudning to‘rt nevarasi va uch evarasi ham qolgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin u Royal Mail kompaniyasida ishlagan, keyin esa Shell va BP kompaniyalarida hisobchi bo‘lgan. 1972-yilda nafaqaga chiqqan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.