Durov Fransiyada sud tomonidan belgilangan manzil bo‘yicha yashashi shart bo‘ladi

Фото: Рен тв

Sud nazorati ostidagi “Telegram” asoschisi Pavel Durov sud belgilagan manzilda yashashi shart, deb yozadi Liberation nashri Parij prokuraturasining izohlariga tayanib. Tadbirkor o‘z yashash joyini faqat sudya ruxsati bilan o‘zgartirishi mumkin.

Prokuraturaning ta’kidlashicha, sud nazorati uy qamog‘ini nazarda tutmaydi. Pavel Durov elektron bilaguzuk taqishi shart emas va mamlakat bo‘ylab erkin harakatlana oladi. Shu bilan birga, u haftasiga ikki marta ma’lum bir politsiya bo‘limida paydo bo‘lishi kerak.

Sud nazorati qoidalariga ko‘ra, Pavel Durovga Fransiyani tark etish taqiqlangan. Frantsiya, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Sent-Kits va Nevis fuqaroligiga ega bo‘lgan tadbirkorning tergov davomida barcha pasportlari olib qo‘yilgan, deya xabar beradi prokuratura.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.