Durovning familiyasi Parij sudida tinglash uchun tayinlangan ishlar ro‘yxatida mavjud emas
Parij sudi Pavel Durovning ismi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan ishlar ro‘yxatida yo‘qligini ma’lum qildi. Biroq, bu sud tadbirkorning ishi ko‘rilishi mumkin bo‘lgan yagona sud emasligi ta’kidlangan.
Fransiya prokuraturasi hozircha bo‘lajak sud majlislari joyi va vaqti haqida hech qanday ma’lumot bermadi, deb yozadi «TASS».
Eslatib o‘tamiz, Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Telegram asoschisining hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilmagan. Departamentga ko‘ra, bu “sud hokimiyati mustaqilligini hurmat qilish” uchun qilingan.
“Biz Durov aynan nimada ayblanayotganini hozircha bilmaymiz. Hozircha bu borada rasmiy bayonotlarni eshitmadik. Biror narsa deyishdan oldin, Durovni aynan nimani ayblashmoqchi ekani haqida aniqroq ma’lumot bo‘lishini kutish kerak. Busiz bayonot berish noto‘g‘ri bo‘lardi”, – dedi Dmitriy Peskov.
Sharhlar