Muxriddin Tilovov BAAdagi nufuzli turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi

Фото: IJF

Vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bahslarda qatnashayotgan o‘zbekistonlik dzyudochi Muxriddin Tilovov BAAdagi “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Yarim finalda Tilovov neytral sportchi Murod Chopanovga imkoniyatni boy berdi. Biroq uchinchi o‘rin uchun kurashda u yaponiyalik Takeshi Takeoku ustidan yirik g‘alabaga erishdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.