Stavropolda qulagan Rossiya harbiy samolyoti ekipajining uchinchi a’zosi halok bo‘ldi
Rossiyaning Stavropol o‘lkasida qulab tushgan harbiy samolyot ekipajining uchinchi a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda gubernator Vladimir Vladimirov ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritishicha, ayni paytda qutqaruvchilar to‘rtinchi uchuvchini qidirmoqda.
“Agentstvo” Tu-22M3 gipertovushli yadro raketasi tashuvchisi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga istilo davrida qo‘ldan boy bergan uchinchi shunday samolyotga aylanganiga e’tibor qaratdi. Ayni vaqtda esa u halokatga uchragan birinchisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Stavropol o‘lkasida halokatga uchragan Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti Ukraina tomonidan urib tushirilgani haqida Ukraina Qurolli kuchlari xabar berdi.
Idora da’vo qilishicha, bunday samolyot birinchi marta urib tushirilgan bo‘lib, u Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukrainaning tinch shaharlariga hujum qilishda qo‘llaniladigan X-22 qanotli raketalarni tashuvchi samolyot deb ta’riflanmoqda.
Sharhlar