Ekofaollar o‘zlarini Niderlandiyadagi asosiy badiiy muzeyning kirish joyiga kishanlab qo‘yishdi

Extinction Rebellion (XR) harakatining ekofaollari o‘zlarini “Reyksmuzeum”ning asosiy kirish joyiga olib boradigan tunnel darvozasiga zanjirlab qo‘yishdi va bu bilan muzey faoliyatini falajlashdi. Hodisa 7 sentyabr kuni ertalab, muzey ochilishiga yarim soat qolganda sodir bo‘ldi, deb yozadi La Libre gazetasi.

“ING ga yo‘q deymiz” va “O‘lik sayyorada san’at bo‘lmaydi” yozuvlari yozilgan bannerlarni ko‘targan faollar “iqlim inqirozining asosiy moliyaviy omili” deb hisoblagan ING bankining muzeyga homiyligiga norozilik bildirdilar.

“Muzey ING bankidan pul olib, bu yirik ifloslantiruvchiga o‘zining iflos ishlarini Gollandiya durdonalari ortiga yashirish imkonini beradi. Buni to‘xtatish kerak”, – deydi harakat vakillari.

Natijada, tashrif buyuruvchilarning kirishi vaqtincha boshqa vaqtga ko‘chirildi.

Hozirda muzey o‘z faoliyatini qayta tiklagan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.