Ekvadorning butun aholisi chiroqsiz qoldi
Ekvadorda elektr uzatish liniyasidagi avariyadan keyin energiya ta’minoti uzildi. Bu haqda Ekvador jamoat ishlari vaziri Roberto Luke ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Shaharlar ko‘chalarida svetoforlar ishlamayapti, telefon aloqasi esa uzilishlar bilan ishlamoqda.
Mamlakat poytaxti Kitoda metro to‘xtab qoldi, svetoforlar ishlamayotgani oqibatida esa yo‘l harakati izdan chiqdi. Shuningdek, mamlakatda internetda nosozliklar kuzatilmoqda. Guayakil shahri aholisi ichimlik suvini zaxira qilishga da’vat etildi.
Ekvador gidro elektr stansiyalarining ommaviy to‘xtab qolishi hamda qurg‘oqchilik tufayli Kolumbiyadan elektr energiyasi yetkazib berilmay qolgani natijasida bir necha oylardan buyon energetika sohasida og‘ir vaziyatni boshidan kechirmoqda.
Elektr energiyasi bilan bog‘liq mujammolarni hal qilish uchun Ekvadorda “Toachi Pilaton” GES majmuasi qurilmoqda.
Sharhlar