Ekvadorda samolyot yo‘lning qatnov qismiga quladi, ikki kishi halok bo‘lgan
Ekvador harbiy-havo kuchlari samolyoti o‘quv parvozi paytida halokatga uchradi va gavjum ko‘chaga quladi. Natijada uchuvchi ayol va kursant halok bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.
Ekvador harbiy-havo kuchlari qurbonlar kapitan Diana Ruis va kursant Xuan Pacheko ekanligini aniqladi. Qayd etilishicha, Ruis tovushdan tez uchuvchi samolyotni boshqargan ekvadorlik birinchi ayol sifatida tarixga kirgan.
Ikki o‘rindiqli Diamond DA20-C1 samolyoti mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotganda to‘satdan yo‘lning qatnov qismiga qulagan. Hodisa kuzatuv kameralarida aks etgan bo‘lib, samolyot mototsikl va avtomobilga borib urilgani aks etgan. Haydovchilar jabrlangani xabar qilingan. Fojia guvohining aytishicha, u parkda sayr qilib yurgan paytda samolyot qulashdan oldin osmonda aylanib, qo‘nish uchun joy qidirayotganini payqagan.
Sharhlar