Isroilning Stokgolmdagi elchixonasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutildi
Noma’lum shaxslar Isroilning Stokgolmdagi elchixonasi binosiga qarata o‘t ochdi, politsiyachilar elchixona derazalarida o‘q tegishi natijasida paydo bo‘lgan teshikchalarni aniqladi.
Jabrlanganlar yo‘q, bino to‘sib qo‘yilgan. Diplomatik muassasa yaqinida qurol va gilzalar topilgan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olinganicha yo‘q.
“Gaarets” nashri yozishicha, Isroilning Shvetsiyadagi elchixonasi xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar tufayli bir necha haftadan buyon ishlamayotgan edi.
Ulashish:
Sharhlar