“Emirates” samolyotida peyjerlar va ratsiyalarni tashish taqiqlanmoqda
“Emirates” samolyoti bortida peyjerlar va ratsiyalarni tashish taqiqlanadi. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytildi. Belgilangan bagajda va qo‘l yukida tashish taqiqlanadi. Bu Dubay orqali, Dubayga yoki Dubaydan ketayotgan barcha yo‘lovchilarga taalluqlidir.
“Yo‘lovchilarga qo‘l yukida ham, ro‘yxatdan o‘tgan bagajda ham peyjer va ratsiya olib yurishi taqiqlanadi. Agar bunday qurilmalar aniqlansa, ular Dubay huquq-tartibot idoralari tomonidan musodara qilinadi”, – deyiladi Emirates rasmiy bayonotida.
Qaror 17-18-sentyabrda aloqa vositalari, jumladan peyjerlar va ratsiyalar portlashlari yuz bergan Livandagi voqealar fonida qabul qilingan. Natijada 37 kishi halok bo‘ldi, 3 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Livandagi Hizbulloh guruhi va mamlakat hukumati voqeada Isroilni aybladi, biroq Isroil rasmiylari voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Sharhlar