Emmanyuel Makron Pavel Durovning Fransiyada ushlanishiga izoh berdi
Mamlakat prezidenti adliya organlarining Telegram asoschisiga nisbatan harakatlari siyosiy xarakterga ega emas, balki “davom etayotgan sud tergovi doirasida” amalga oshirilganini bildirdi.
“Huquqiy davlatda, real hayotda bo‘lgani kabi, fuqarolarni himoya qilish va ularning asosiy huquqlarini hurmat qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan erkinliklardan foydalanish sudlarga to‘liq yuklangan mustaqillik”, – deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘idagi postida.
“Fransiya har qachongidan ham so‘z va muloqot erkinligi, innovatsiyalar va tadbirkorlikka sodiq va shunday bo‘lib qoladi”, – dedi Makron.
Ulashish:
Sharhlar