,

AQSHda eng yaxshi serial va aktyorlarga Emmy mukofotlari topshirildi

Foto: EPA

AQSHning Los-Anjeles shahrida Emmy mukofotlarini topshirish bo‘yicha 76-an’anaviy marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. “Eng yaxshi dramatik serial” yo‘nalishida mukofotni “Syogun” seriali qo‘lga kiritdi. U nominatsiyalar soni (25) bo‘yicha yetakchilik qildi va to‘rtta mukofotga loyiq deb topildi.

Mukofotning boshqa g‘oliblari quyidagilar bo‘ldi:

  • Drama yo‘nalishida eng yaxshi aktrisa — Anna Savay (“Syogun”);
  • Drama yo‘nalishida eng yaxshi aktyor — Xiroyuki Sanada (“Syogun”);
  • Komediya yo‘nalishidagi eng yaxshi serial — “Hiylalar” (Hacks);
  • Komediya yo‘nalishida eng yaxshi aktrisa — Jin Smart (“Hiylalar”);
  • Komediya yo‘nalishida eng yaxshi aktyor — Jeremi Allen Uayt (“Ayiq” — Bear);
  • Eng yaxshi mini-serial — “Bug‘u bolasi” (Baby Reindeer);
  • Mini-serialdagi eng yaxshi aktrisa va aktyor — Jodi Foster (“Haqiqiy detektiv” — True Detective) va Richard Gedd (“Bug‘u bolasi”).

Emmy mukofoti 1949-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, u Amerika televideniyesi sohasidagi yutuqlar uchun topshiriladi. U uchta tashkilot — Amerika televizion akademiyasi, Amerika milliy televizion akademiyasi va Xalqaro televizion akademiyasi taqdim etiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.