“Eng halol politsiyachi” nomiga ega chimkentlik IIV xodimi pora olgani uchun 7 yil koloniyaga hukm qilindi
Tergov taxminlariga ko‘ra, politsiyachi Azamat Aimbetovning ekipaji o‘tgan yilning dekabr oyida avtomobilda yonida o‘tirgan yo‘lovchining nomiga ro‘yxatga olingan sug‘urtalanmagan avtomobil haydovchisini to‘xtatgan. Aimbetov voqea joyida bayonnoma tuzish o‘rniga haydovchi ayolni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketgan.
Qozog‘istonlik ayolning qonida oz miqdorda spirtli ichimlik borligi aniqlangan, buning uchun u hatto ma’muriy javobgarlikka ham tortilmaydi.
Biroq, politsiyachi ayolning mashinasini jarima maydoniga olib borib, unga 15 kunlik hibsga olish bilan tahdid qilgan. Aimbetov haydovchiga 700 ming tenge (taxminan 1,5 ming dollar) evaziga, unga nisbatan ish ochmaslikni va’da qilgan.
Aimbetovni bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda bir necha bor yozgan advokatining so‘zlari bilan “Chimkentning eng halol politsiyachisi” deb atay boshlashdi. Advokat mijozi bir necha bor pora olishdan bosh tortgani va buning uchun rahbariyatdan mukofot olganini misol qilib keltirgan.
Sharhlar