So‘nggi 12 oy tarixdagi eng issiq oylar bo‘lgan — BMT
O‘tgan 12 oy tarixdagi eng issiq davr bo‘lgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Nyu-Yorkdagi Amerika tabiiy tarix muzeyida bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Guterrish Jahon meteorologiya tashkiloti va Copernicus Yevropa iqlim o‘zgarishlarini kuzatish xizmati ma’lumotlariga tayandi.
Ularning kuzatuvlariga ko‘ra, o‘tgan 12 oyning har biri rekord darajada issiq bo‘lgan. Guterrishning aytishicha, kelasi besh yil ichida o‘rtacha harorat sanoatgacha bo‘lgan davrdagidan 1,5 dajaga oshishi ehtimoli 80 darajaga teng.
“Biz shunchaki xavf ostida emasmiz, bizning o‘zimiz xavfmiz. Ammo o‘zimiz yechimga ham aylanishimiz mumkin”, — dedi u. Guterrish, xususan, 2030-yilga qadar qazib olinuvchi yonilg‘i ishlab chiqarishni 30 foizga qisqartirishga, shuningdek, qazilma yonilg‘i bilan bog‘liq kompaniyalar reklamasini taqiqlashga chaqirdi.
Sharhlar