Eng keksa opa-singillar Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Фото: guinnessworldrecords.com

AQShning Missuri shtatida yashovchi oltita opa-singil yoshlarining yig‘indisi bo‘yicha tirik aka-ukalar opa-singillar orasida eng uzun yoshga ega. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi yozadi.

Opa-singillarning yoshi 88 dan 101 gacha, ya’ni birgalikda 571 yil 293 kun, bu raqam o‘sishda davom etmoqda.

Eng katta opa Norma hozir Ogayoda istiqomat qiladi, qolgan besh nafari – Loren, Maksin, Doris, Margaret va Elma Missurida yashaydi.

O‘tgan to‘qchon yil davomida ular ko‘plab muhim voqealarni, jumladan Buyuk depressiya, Ikkinchi jahon urushi va yaqinda bo‘lgan COVID-19 pandemiyasini boshdan kechirdi.

Vaqti-vaqti bilan tortishuvlarga qaramay, Elmaning aytishicha, u va uning opalari hech qachon bir-birlaridan jahli chiqmagan. Ular hayotlari davomida yaqin bo‘lib, ko‘pincha tug‘ilish tartibini bildiruvchi raqamlangan futbolkalarda birga sayohat qilishadi.

Uch opa-singil iyul oyida tug‘ilganligi sababli, ular har yozda ushbu sanalarni piknik bilan nishonlash uchun uchrashishadi va bu bilan bolaliklarida onalari boshlagan an’anani davom ettirishmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.