Er-xotin Kara-Murzalar Avstriyada huquqni himoya qilish sohasining mukofotiga sazovor bo‘ldi

Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi va publitsist Vladimir Kara-Murza va uning rafiqasi Yevgeniya “Rossiya hukumati va korruptsioner Kreml amaldorlarini inson huquqlari, demokratiya va qonun ustuvorligini buzgani uchun javobgarlikka tortish”dagi sa’y-harakatlari uchun Bruno Krayskiy nomidagi jamg‘arma mukofotiga sazovor bo‘ldi. Taqdirlash marosimi Vena shahrida bo‘lib o‘tdi.

Mukofot ta’sischilari Vladimir Kara-Murza Rossiyada siyosiy sabablarga ko‘ra 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilinganida, uning rafiqasi Yevgeniya erining “Ozod Rossiya” jamg‘armasining advokatlik bo‘yicha direktori sifatidagi faoliyatini davom ettirib, Rossiya fuqarolik jamiyati nomidan xalq diplomatiyasiga e’tibor qaratganini ta’kidlashdi. Er-xotin Rossiya qamoqxonalaridagi boshqa siyosiy mahbuslarni ham ozod qilish uchun kurashmoqda.

Yevgeniya Kara-Murza G‘arbdagi siyosatchilar faolroq bo‘lishini talab qildi. “Yaxshilik va yovuzlik o‘rtasida haqiqiy jang bo‘lsa, diktatorlar birlashib, butun dunyo bo‘ylab demokratiyaning saqlanib qolishiga tahdid solsa, betaraf qolish mumkin emas”, – dedi u. Uning eri sovet dissidenti Vladimir Bukovskiyning “ko‘plab G‘arb siyosatchilari uchun ertalabki bekonni sovet gazida qovurish imkoniyati har qanday inson huquqlaridan ko‘ra muhimroqdir” degan so‘zlarini esladi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.