Erdo‘g‘an G‘arbni Rossiya bilan mojaroni “nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada keskinlashtirish”da aybladi

Эрдоган обвинил Запад в «неконтролируемой эскалации» конфликта с Россией
Источник: channel4.com

G‘arb davlatlarining Rossiyaga nisbatan salbiy munosabati Ukrainadagi harbiy mojaroning tinch yo‘l bilan hal qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda va urushni “nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada keskinlashtirmoqda”, deydi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

“Ba’zi G‘arb ittifoqchilarining Rossiyaga munosabati olovga faqat yog‘ quydi. Bu Ukrainaga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirdi”, — deydi Erdo‘g‘an Newsweek jurnaliga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya boshqa NATO davlatlaridan farqli o‘laroq, “mojaroning har ikki tomoni bilan muloqot olib bormoqda, tinchlikni yaqinlashtirishga harakat qilmoqda”. “Tabiiyki, biz Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan hamma narsada hamfikr emasmiz. Ammo bizda muammolarni muhokama qilish va ularni hal qilish tafsilotlarini o‘rganish imkoniyati bor”, — deydi Erdo‘g‘an. U 2022-yilda Turkiya Antaliya va Istanbulda tinchlik muzokaralari uchun platformalar taqdim etganini eslatdi.

Shu bilan birga, Turkiya prezidenti NATO va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik xavfidan xavotir bildirdi. “Bunday natijaga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday qadamlardan ongli ravishda qochish kerak”, deya ta’kidladi Turkiya rahbari.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.