Erdogan: biz o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv uchun asos yaratishga tayyormiz
Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdogan Vladimir Putinga Anqara Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini va bu boradagi kelishuv uchun asos yaratishi mumkinligini bildirdi.
Bu haqda Erdogan Putinga Astanada Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida aytgan.
Turkiya rahbarining fikricha, avvalo o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olish, shundan so‘ng tinchlik bitimini muhokama qilishni boshlash kerak.
Ulashish:
Sharhlar