Erdogan Qrimni Ukrainaga qaytarish tarafdori ekanini bildirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdogan Qrim platformasi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida Rossiya tomonidan bosib olingan Qrim xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq Ukrainaga qaytarilishi kerakligini ta’kidladi.
“Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashimiz sobit bo‘lib qolmoqda. Qrimning Ukrainaga qaytarilishi xalqaro huquq talabidir”, – dedi u.
Erdogan, shuningdek, Turkiya avval boshidanoq qoralagan Qrim anneksiyasi 80 yil avval deportatsiyadan aziyat chekkan qrim tatarlarining azobini yanada og‘irlashtirganini qayd etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya yarim orolni Ukrainaga qaytarishni talab qilishda davom etadi.
Ulashish:
Sharhlar