Erdogan: Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzdi
Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi, dedi mamlakat prezidenti Erdogan.
“Biz Turkiya Respublikasi davlati va hukumati sifatida Isroil bilan aloqalarni uzdik. Hozirda Isroil bilan hech qanday aloqamiz yo‘q”, – deya ta’kidladi u.
2023-yil oktyabr oyida G‘azo sektorida “SAXAL” operatsiyasi boshlanganidan beri Turkiya Tel-Avivning harakatlarini bir necha bor qoralab, uni tinch aholini qirg‘in qilishda ayblab keladi. Anqara bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirib, Isroilga bosim o‘tkazgan.
May oyi boshida Turkiya Savdo vazirligi Isroil bilan savdo aloqalarini butunlay to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Bungacha Anqara 54 toifadagi tovarlar eksportini cheklab qo‘ydi, biroq “SAXAL” G‘azoda janglarni davom ettirdi.
Sharhlar