Eron AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga hujum qilinsa, zarba berish bilan tahdid qilmoqda
Tehron AQShning Fors ko‘rfazi va Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari hududi yoki havo hududi Eronga hujum qilish uchun foydalanilsa, ularga zarba berish bilan tahdid qilgan. Bu haqda Amerikaning Wall Street Journal gazetasi arab rasmiylariga tayanib yozgan.
Nashrning yozishicha, Tehron rasmiylari neftga boy Fors ko‘rfazi davlatlari va AQShning Yaqin Sharqdagi boshqa ittifoqchilariga zarba berish niyatlari haqida tahdidli xabarlarni maxfiy diplomatik kanallar orqali tarqatmoqda.
Hujumlar ularning hududlaridan amalga oshirilsa, Eronning javobi kuzatiladi.
Bunday ogohlantirishlarni Iordaniya, BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar oldi. AQSh harbiy kuchlari ushbu mamlakatlarning barchasida mavjud va manbalarga ko’ra, bu mamlakatlar rasmiylari Oq uyga Amerika yoki Isroilga Eronga qarshi har qanday tajovuz uchun harbiy infratuzilma yoki havo hududini berishni istamasliklari haqida xabar berishgan.
Sharhlar