Eron cheklovlar bekor qilingandan so‘ng havo qatnovini to‘liq tikladi
Eronning barcha aeroportlari ilgari kiritilgan cheklovlar to‘liq bekor qilinganidan so‘ng havo qatnovini tikladi. Bu haqda mamlakat Fuqaro aviatsiyasi tashkilotining rasmiy vakili Jafar Yazerlu ma’lum qiladi.
Bir necha soat oldin Yazerlu yakshanba kuni kechqurundan dushanba kuni ertalabgacha Eron aeroportlarining havo qatnovlari yuzaga kelgan cheklovlar tufayli bekor qilinganini ma’lum qilgan edi. Amaldorning bayonoti Eronning Isroil hududiga yaqinda bergan raketa zarbasidan so‘ng Yaqin Sharq mintaqasida keskinlik oshgan fonda yangradi. Eron shuningdek 2 oktyabrdan 3 oktyabrga o‘tar kechasi ham reyslarni bekor qilgan edi. Havo qatnovini birinchi bo‘lib Eron poytaxtidagi Imom Humayniy nomidagi xalqaro aeroporti tiklagani haqida Mehr agentligi xabar berdi.
“Kiritilgan cheklovlar bekor qilinganini hisobga olgan holda… 6 oktyabr, yakshanba kuni soat 23:00 dan (Moskva vaqti bilan 22:30) havo qatnovi odatdagi tartibda tiklandi”, – deya Yazerluning so‘zlarini keltiradi Mehr agentligi.
Sharhlar