Eron Isroil hududiga qarata 400 ga yaqin raketa otdi

Фото: кадр из видео

Isroilning “Gaarets” gazetasi Quddus va Tel-Avivda kuchli portlashlar eshitilganini xabar qiladi, shuningdek, Isroilning markazi va janubida, Negev cho‘lida raketa zarbalari haqida hozircha tafsilotlarsiz yozadi.

Eron televideniesi esa Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining bayonoti tez orada e’lon qilinishini ma’lum qildi.

Avvalroq Anhor.uz Eron Isroil tomon 100 dan ortiq raketa uchirgani haqida yozgan edi.

Seshanba kuni AQSh prezidenti ma’muriyatining vakili ismi oshkor etilmasligi sharti bilan matbuotga ma’lum qilishicha, AQShda mavjud ma’lumotlariga ko‘ra, Eron yaqin kelajakda Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishga tayyorlanmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.