Eron Oliy sudi 2022-yildagi norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagan reperga belgilangan o‘lim jazosini bekor qildi
Tumaj Solihiyning ishi yangidan boshqa sudda ko‘rib chiqiladi, dedi uning advokati Amir Raisyan.
Himoyachining so‘zlariga ko‘ra, sud hay’ati artistning hatto birinchi hukmi ham (olti yilu uch oy qamoq) protsessual qonunchilikni buzgan holda chiqarilganini tasdiqlagan.
Musiqachi o‘z qo‘shiqlarida Mahsi Aminiy o‘limidan so‘ng boshlangan hukumatga qarshi norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun “yer yuzida korrupsiyani tarqatgan” degan modda bo‘yicha sudlanmoqda.
Reper 2022-yil oktyabr oyida hibsga olingan, keyingi yili u olti yilu uch oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
Shundan so‘ng, artistning ishi qayta ko‘rib chiqilish uchun yuborilgan va 2024-yil aprel oyida Eronning Isfahon shahridagi inqilobiy sud yuqori turuvchi instansiya qaroriga zid ravishda reperni o‘limga hukm qilgan.
Sharhlar