Eron prezidenti Bokudagi iqlim sammitida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin
Eron prezidenti Ma’sud Pezeshkiyan 11—22-noyabr kunlari Bokuda boʻlib oʻtadigan iqlim boʻyicha sammitda qatnashmaydi.
Eron OAVlari rad etishga sammitda Isroil prezidenti Isxak Gertsogning ishtirok etayotgani sabab bo‘lganini xabar qildi.
Avvalroq konservativ OAV Pezeshkiyanning safarini faol tanqid qilib, bu mamlakat manfaatlariga zid ekanini ta’kidlagan edi. Bosim uni qarorini qayta ko’rib chiqishga undagan ko’rinadi.
Ulashish:
Sharhlar