Eron Rossiya bilan erkin qurol savdosiga tayyor
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning maslahatchisi Kamol Xaroziy Tehron va Moskva o‘rtasida qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha kelishuv va shartnomalar tuzishda hech qanday to‘siq yo‘qligini ma’lum qildi, deya xabar beradi “Osiyo davlatlari va Jahon inqirozi” telegram kanali.
Financial Times bilan suhbatda Xaroziy Eron Rossiyaning Su-35 samolyotlarini sotib olish niyatida ekanini aytdi. Shu bilan birga, u Tehron Rossiyaga qurol yetkazib bermayotganini ham bildirdi.
Shu bilan birga, Kamol Xaroziy, agar Isroil “Hezbolloh” guruhiga qarshi urush boshlasa, Eron Livanning ushbu tashkilotini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishini aytdi.
Eronning boshqa manbalari Eronning mojaroga o‘zi aralashish ehtimoli yo‘qligini, ammo Yamandan Suriya va Livangacha bo‘lgan hududdagi barcha ishonchli vakillaridan foydalanishini aytishmoqda.
Sharhlar