Eron televideniyesida Olimpida o‘yinlariga qo‘yilgan tsenzura haqidagi virusli video feyk bo‘lib chiqdi

Фото: соцсети / коллаж «Проверено»

2024-yilgi Olimpiada o‘yinlari paytida Eron televideniyesida tsenzura bo‘layotgani aytilgan video Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqaldi. Taxminlarga ko‘ra, kadrlarda qora to‘rtburchaklar va yulduzlar bilan qoplangan nomaqbul kiyimdagi sportchilar aks etgan. Biroq tekshiruv bu videoning 2024-yilgi Olimpiadaga aloqasi yo‘qligini ko‘rsatdi, deya xabar beradi Provereno.Media.

Tarqalgan 43 soniyali videoda uchta yo‘nalish bo‘yicha musobaqalar namoyish etilgan: balandlikka sakrash, to‘siqlardan yugurish va suvga sakrash. Shu bilan birga, sportchilarning tanalari deyarli butunlay qorong‘i to‘rtburchaklar yoki yulduzlar ortiga yashiringan, ammo ba’zida bu shakllar qizlarning ortidan ulgurmagani uchun ularning tanalari bir lahzaga sezilgan.

Virusga aylangan asl video 2013-yilda internetda paydo bo‘lgan va “Amerika Ovozi”ning forscha xizmati tomonidan ishlab chiqarilgan OnTen  satirik dasturining bir qismi bo‘lgan. Videoda Eron televideniesining mahalliy qonunlarga ko‘ra nomaqbul kiyim kiygan ayollar ishtirok etadigan musobaqalarni ko‘rsatishga qarshi qat’iy qoidalari masxara qilingan.

Masalan, IRIB milliy mediakompaniyasining o‘sha paytdagi rahbari Ezatulloh Zarg‘amiyning futbol va voleybol o‘yinlarini translyatsiya qilishdan bosh tortish g‘oyasiga javoban, tribunada noo‘rin kiyimdagi qizlar bo‘lishi mumkinligi sababli, boshlovchilar uni kesib tashlashni taklif qilishgan.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan go‘yoki tsenzura qilingan kadrlarning skrinshotlari ham soxta bo‘lib chiqdi. Ular 2016-yilda yutubdagi “LIF Лаборатория интересных фактов” kanalida e’lon qilingan videodan olingan bo‘lib, uning mualliflari yozuv eksperiment doirasida yaratilganini va haqiqiy emasligini tan olishgan.

Shu tariqa, Eron televideniyesi 2024-yilgi Olimpiada o‘yinlari ko‘rsatuvlarini tsenzura qilayotgani haqidagi ma’lumot yolg‘on bo‘lib chiqdi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.