Eron uran hajmini qisqartirdi, biroq hamon atom bombasi yaratishga qodir
Eron so‘nggi uch oy ichida o‘zining deyarli qurol urani darajasigacha boyitilgan uran zaxiralarini qisqartirdi, deb xabar beradi Bloomberg Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE)ning yopiq hisobotiga tayanib.
BMT inspektorlari xabar qilishicha, Eronda yuqori darajada boyitilgan uran hajmi noyabrdan buyon 5 foizga qisqargan. Ammo bu mamlakatning bir-ikki hafta ichidayoq bir nechta atom bombalarini yaratish qobiliyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
MAGATE hisobotida aytilishicha, Eron o‘z zaxiralarining boyitilganlik darajasini pasaytirish uchun “60 foizgacha boyitilgan 31,8 kg uranni kamroq konsentratsiyali material bilan aralashtirgan”, natijada 60 foizgacha boyitilgan uran hajmi 128,3 kilogrammda 121,5 kilogrammgacha qisqargan.
Sharhlar