Eron Yer orbitasiga tadqiqotchi sun’iy yo‘ldoshni chiqardi
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK)ning aerokosmik kuchlari Chamran-1 tadqiqotchi sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. U orbitaga Qaem-100 tashuvchisi orqali chiqarildi, deya xabar beradi Eronning IRNA agentligi.
Sun’iy yo‘ldosh Eronning bir nechta kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan va og‘irligi taxminan 60 kg. U Yerdan 550 km balandlikka ko‘tarilgan va bir necha soatdan so‘ng birinchi signallarni yubora boshlagan. Uning asosiy vazifasi “orbital manyovr texnologiyasini tekshirish uchun apparat va dasturiy ta’minotni sinab ko‘rish”. U sovuq gazda harakatlanish kichik tizimlarining ishlashini, shuningdek, navigatsiya va boshqaruv kichik tizimlarining ishlashini baholashi kerak.
Oxirgi marta IIQK aerokosmik kuchlari yanvar oyida Eronning Sorayya sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqqan edi. Sun’iy yo‘ldoshni uchirish uchun 100 kg gacha yuk ko‘tarishga qodir bo‘lgan Qaem-100 raketasidan foydalanilgan, sun’iy yo‘ldosh 750 km balandlikda orbitaga yetib borgan.
Sharhlar