Eronda prezident saylovlarida ovoz berish boshlandi
Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boshlandi. Islom Respublikasining aholisi mamlakatda oliy yetakchi Oyatulloh Ali Xumanaiydan keyin ikkinchi muhim lavozimni egallaydigan siyosatchini saylamoqda.
Eronning 2021-yilda saylangan sobiq prezidenti Ibrohim Raisiy 2024-yilning may oyida aviahalokatda halok bo‘lgandi.
Eron Konstitutsiyasi qo‘riqchilari kengashi olti nafar nomzodni saylovga qo‘ydi, biroq ovoz berishdan bir kun avval ulardan ikki nafari nomzodlikdan voz kechgan.
Endi to‘rt nafari prezident kursisi uchun kurashmoqda: Majlis (mahalliy parlament) spikeri, harbiy havo kuchlarining sobiq qo‘mondoni Muhammad Bag‘ir G‘olibaf, sobiq adliya va ichki ishlar vaziri Mustafo Purmuhammadiy, sobiq deputat va kardiojarroh Masud Pezeshkian va yadroviy dastur bo‘yicha bosh muzokarachi bo‘lgan Xavfsizlik kengashining a’zosi Said Jaliliy.
Sharhlar