Eronda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi 5-iyulda o‘tkaziladi

Фото: Morteza Nikoubazl/NurPhoto

Eronda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida hech bir nomzod 50 foizdan ko‘p ovoz ololmadi. Ikkinchi tur 5-iyulga belgilandi. Bu haqda IRNA agentligi yozadi. Saylovlar prezident Ibrohim Raisi aviahalokatda halok bo‘lgani sababli muddatidan oldin o‘tkazilmoqda.

Birinchi turda to‘rt nomzod: sobiq deputat Masud Pezeshkian, Xavfsizlik kengashining a’zosi Said Jaliliy, parlament spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf va mamlakat Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari hamda sobiq adliya vaziri Mustafo Purmuhammadiy qatnashmoqda.

Islom respublikasi saylov shtabining vakili Mohsin Eslamiyning aytishicha, saylovlarda 24,5 million kishi qatnashgan.

Pezeshkian (10,4 million) va Jaliliy (9,4 million) eng ko‘p ovoz olgan. G‘olibaf 3,3 million ovozga ega bo‘lgan, Purmuhammadiyga esa 206 ming kishi ovoz bergan.

Shu tariqa, nomzodlarning hech biri saylovchilarning yarmidan ko‘p ovozini ololmadi. Eron saylov qonunchiligiga ko‘ra, ikki yetakchi o‘rtasidagi ikkinchi tur natijalar e’lon qilingandan keyingi birinchi jumada, ya’ni 5-iyul kuni o‘tkaziladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.