Eron bu hatto urushga olib kelsa ham, Isroildan o‘ch olishga va’da berdi
Eron Falastinning “HAMAS” harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Tehronda o‘ldirilishiga javob reaksiyasini yumshatishdan bosh tortdi, deb yozadi The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib. Ta’kidlanishicha, Eron hukumati arab diplomatlarga ularning javobi urushga olib kelish-olib kelmasligi ularni xavotirlantirmasligini ma’lum qilgan.
AQSH Yevropa va boshqa mamlakatlar hukumatlaridan Eronga vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi va har qanday jiddiy zarba javob harakatlariga olib kelishi haqida ogohlantirish yuborishni so‘ragan. Bundan tashqari, Vashington Eron yangi prezidentining G‘arb bilan hamkorlikni yaxshilash bo‘yicha sa’y-harakatlari, Eron o‘zini tiysagina, ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishini bildirgan.
Eron va “HAMAS” Xoniyaning o‘ldirib ketilishi yuzasidan javobgarlikni Isroil zimmasiga yuklamoqda, u esa ayblovlar bo‘yicha izoh berishdan bosh tortmoqda. Islom inqilobi korpusi posbonlari “qasos muqarrar” ekanini va Isroil “shafqatsiz jazo” olishini aytgandi. Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Eron bugun, 5-avgust kuni zarba berishi mumkin.
Sharhlar