Ertadan boshlab Yevropa Ittifoqida “RIA Novosti”, “Izvestiya” va “Rossiyskaya gazeta” blokirovka qilinadi
Bu haqida qaror may oyida qabul qilingan.
Shu bilan birga, nashrlarning jurnalistlari Yevropa Ittifoqida ishlashni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi, faqat ularning resurslari blokirovka qilinadi.
Blokirovka qilish ularning ijtimoiy tarmoqlariga ham ta’sir qilishi mumkin, masalan, Yevropa raqamlariga ega Telegram foydalanuvchilari tegishli kanallarga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Moskva Rossiya ommaviy axborot vositalarining translyatsiyasi va jurnalistlarning ishi cheklangan taqdirda, G‘arb yashin tezligida va o‘ta og‘riqli javob olishidan ogohlantirgandi. Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, agar bitta rus ommaviy axborot vositasi asossiz cheklovlarga duchor bo‘lsa, bu Rossiyadagi G‘arb jurnalistlarida o‘z aksini topadi.
Sharhlar