Vyetnam Putinning tashrifi bo‘yicha AQSH pozitsiyasini e’tiborsiz qoldirgan

Foto: “TASS”

Vyetnam mamlakatga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashrifi borasida AQSH pozitsiyasini e’tiborsiz qoldirgan, deb yozadi Bloomberg.

Amerikaning Xanoydagi elchixonasi 17-iyun kuni e’lon qilgan bayonotda “birorta ham mamlakat Putinga o‘z tajovuzkor urushini ilgari surish uchun platforma taqdim etishi va qandaydir tarzda unga o‘z vahshiyligini normallashtirishga imkon berishi kerak emas”ligi haqida aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, Putinning samolyoti 20-iyunga o‘tar kechasi Xanoyga qo‘ndi.

Tashrif chog‘ida Putin Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Nguyen Fu Chong, prezident To Lam, bosh vazir Fam Min Tin va parlament raisi Chan Txan Man bilan uchrashadi.

Tashrif doirasida qo‘shma bayonot qabul qilish, shuningdek, turli sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida 20 ga yaqin hujjat imzolash rejalashtirilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.