AQSHda F-35 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Amerikaning Nyu-Meksiko shtati Albukerke Sanport xalqaro aeroporti yaqinida AQSH harbiy samolyoti halokatga uchradi. CBC News yong‘in xizmatiga tayanib xabar berishicha, bortda faqat uchuvchi bo‘lgan, u kasalxonaga yetkazilgan, hushi joyida ekani aytilmoqda.
Aeroport matbuot xizmatiga ko‘ra, samolyot aerodrom yaqiniga qulagan. Halokat joyida shifokorlar ikki nafar fuqaroni ham ko‘zdan kechirgan, ammo ularning kasalxonaga yotqizilishi talab etilmagan. Samolyot qulaganidan keyin yuzaga kelgan yong‘in o‘chirilgan, voqea joyida mutaxassislar ishlamoqda.
Daily Express US xabariga ko‘ra, uchuvchi og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, ammo boshqa tafsilotlar keltirilmayapti. Nashr qayd etishicha, halokatga uchragan samolyot F-35 qiruvchisi bo‘lgan. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanganicha yo‘q.
Sharhlar