Falastin “BRIKS”ga a’zo bo‘lishi mumkin

Фото: РИА

Falastin Qozondagi tashkilot sammitidan so‘ng “BRIKS”ga qo‘shilish so‘rovini yuborishi mumkin, bu haqda Falastinning Moskvadagi elchisi Abdulhafiz Nofal bildirgan.

“Sammitdagi birinchi ishtirokimizdan so‘ng biz ushbu uyushmaga a’zo bo‘lish uchun so‘rov yuboramiz”, – dedi u “Rossiya segodnya” media guruhidagi matbuot anjumanida.

Unga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastin yetakchisi Mahmud Abbosga “BRIKS” sammiti doirasida to‘liq Falastinga bag‘ishlangan sessiya bo‘lishini va’da qilgan. Diplomat sammitdan ijobiy umidlar borligini qayd etgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.