Isroil 19 yildan buyon birinchi marta Filadelfiya yo‘lagini nazorat ostiga oldi
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) G‘azo sektori va Misr chegarasidagi 14 kilometrlik bufer zonasi bo‘lgan “Filadelfiya yo‘lagi”ni “tezkor nazorat ostiga oldi”, deb yozadi DW SAXAL rasmiy vakili Daniel Xagariga tayanib.
G‘azo sektori chegaralari bo‘ylab joylashgan Filadelfiya yo‘lagi 1979-yilda Isroil va Misr o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi doirasida yaratilgan. 2005-yilga qadar u Isroil kuchlari tomonidan nazorat qilingan. Isroil armiyasi G‘azo sektorini tark etguniga qadar undan patrullik qilish uchun foydalangan.
“Isroil Falastin hududidagi qurolli guruhlar ushbu yo‘lakdan qurol kontrabandasi uchun foydalanayotgani haqida anchadan buyon gumon qilib keladi”, — deyiladi AFP xabarida. Xagarining so‘zlariga ko‘ra, isroillik harbiylar Filadelfiya yo‘lagi hududidan qariyb 20 ta tunnel topgan.
Sharhlar