Filippin va Xitoy kemalari dengizda to‘qnashdi
Xitoy va Filippin kemalari Janubiy Xitoy dengizida ikki davlat o‘rtasidagi bahsli hududlar yaqinida qarshi turish chog‘ida to‘qnashib ketdi, deb yozadi DW.
Xitoy qirg‘oq soqchiligi ma’lum qilishicha, Filippin qirg‘oq soqchiligi kemalari Nansha orollaridagi Syanbin qoyasi yaqinidagi suvlarga Xitoy hukumati ruxsatisiz noqonuniy kirganidan keyin, Filippin kemasi Xitoy kemasi bilan “ataylab to‘qnashgan”.
Bunga javoban, Xitoy qirg‘oq soqchiligi qonunga muvofiq Filippin kemalari bilan kurash bo‘yicha choralar ko‘rgan. Xitoy Filippinni qonunbuzarlik va provokatsiyalarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.
O‘z navbatida Filippin tomoni to‘qnashuv oqibatida uning ikkita kemasi zarar ko‘rganini ma’lum qildi va mamlakatning Janubiy Xitoy dengizida o‘z huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xatti-harakatlari provokatsion emasligini bildirdi.
Sharhlar