Finlyandiya uran qazib olishni boshlagan birinchi Yevroittifoq mamlakatiga aylandi
Finlyandiyadagi Sotkamo sanoat maydonida tabiiy uran qazib olish boshlandi, bu haqda Terrafame tog‘-kon kompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Natijada Finlyandiya uran qazib oluvchi ilk Yevroittifoq mamlakatiga aylandi. Endi u o‘z AES ishini to‘liq ta’minlay oladi, ayni paytda u yadro yonilg‘isini Rossiyadan sotib olmoqda.
Kompaniya to‘liq quvvatga 2026-yilda erishishni rejalashtirmoqda, bu vaqtga kelib ishlab chiqarish hajmi yiliga qariyb 200 tonnaga yetadi. Shuncha miqdordagi uranni Finlyandiyaning “Olkiluoto-3” AES to‘qqiz oy ichida sarflaydi. Sotkamo maydonidan 30 yil davomida foydalanish rejalashtirilmoqda. Uran qayta ishlash uchun chet elga yuboriladi, shundan so‘ng atom energetikasida foydalaniladi.
Agar Finlyandiya uran qazib olishni yiliga 200 tonnaga yetkazsa, dunyoning yetakchi uran qazib oluvchilari ro‘yxatida Janubiy Afrika bilan bir qatorda yettinchi o‘rinni egallaydi.
Finlyandiyada to‘rtta AES ishlaydi, ular zarur elektr energiyasining 30 foizini ishlab chiqaradi.
Sharhlar