FLiRT shtammi tufayli, yozda COVID-19 bilan kasallanish avj olishi mumkin
G‘arbda FLiRT guruhidagi koronavirus shtammlari tarqalmoqda, ular yozda kasallanish darajasi o‘sishiga olib kelishi mumkin, deb xabar bermoqda Financial Times. Shu bilan birga, olimlar taxmin qilishicha, “omikron”dan mutatsiya qilgan FLiRT guruhi shtammlari kasalxonaga yotqizish holatlari ko‘payishiga yoki kasallikning og‘ir kechishiga olib kelmaydi.
AQSHda mart boshida yuzaga kelgan KP.2 shtammi yetakchilik qilmoqda. U FLiRT guruhiga kiradi — ushbu so‘z mutatsiyaning shtammlarning genetik kodidagi nomidan kelib chiqqan. AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 11-mayga qadar bo‘lgan ikki hafta ichida KP.2 28,3 foiz holatlarda aniqlangan. Mart boshida esa atigi 3,8 foiz holatlarda bo‘lgan. Tarqalish bo‘yicha ikkinchi shtamm KP.1 bo‘ldi (7,6 foiz).
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, FLiRT shtammlari Yevropaning 14 ta mamlakati va Isroilda aniqlangan. Olimlar fikricha, ushbu shtammlar kasalxonaga yotqizish yoki kasallikning og‘ir kechishiga olib kelmaydi.
FLiRT’ga xos simptomlar koronavirus uchun standartdir. Bu isitma, yo‘tal, burun bitishi yoki oqishi, tomoq og‘rishi, ta’m yoki hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi.
Sharhlar