Fransiya janubidagi sinagoga yaqinida yong‘in va portlash sodir bo‘ldi, politsiyachi jabrlandi
Fransiya janubidagi La Grand-Mot kurort shaharchasida 24-avgust, shanba kuni Bet Yaakov ibodatxonasi yaqinida yong‘in va portlash sodir bo‘ldi, deya xabar beradi mahalliy hukumat. Shahar meri Stefan Rossinуolning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in sinagoga yonida turgan ikkita mashinadan boshlangan. Yong‘inlardan birida gaz balloni portlab, sinagoga eshiklari shikastlangan va bir politsiyachi jarohatlangan.
Frasiya ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Jerald Darmanen voqeani “yaqqol jinoiy” deb atadi va prezident Emmanuel Makronning buyrug‘i bilan jinoyatchilarni topish uchun barcha kuchlar safarbar etilganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, Fransiyada antisemitizm sabab bo‘lgan jinoyatlar soni, ayniqsa, 2023-yil 7-oktyabrdagi Xamas terrorchilik guruhi Isroilga hujum qilgan voqealardan so‘ng ortib bormoqda. Yahudiylarning Crif tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida bunday jinoyatlar soni 436 tadan deyarli 1700 tagacha oshgan.
Sharhlar