Fransiya konsulligi xodimlari Quddusda politsiya tomonidan hibsga olindi

фото: ru.haberler.com

7-noyabr kuni Isroil politsiyasi Quddusdagi fransuzlarga qarashli cherkov hududida reyd o‘tkazdi, deya xabar bermoqda CNN Fransiya tashqi ishlar vazirligi (TIV)ga tayanib.

Ikki konsullik xodimi qisqa muddatga hibsga olindi, bu esa Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barning hududga rejalashtirilgan tashrifini bekor qilishga majbur qildi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligining alohida bayonotida, “Isroil xavfsizlik kuchlari va ikki fransuz soqchisi o’rtasida janjal kelib chiqqan va ular o’zlarini tanishtirishdan bosh tortganlar”. “Politsiya tomonidan qo‘lga olingan ikki kishi o‘zini diplomat deb tanishtirgandan so‘ng darhol qo‘yib yuborildi”, — deyiladi xabarda.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi yaqin kunlarda Isroil elchisini chaqirishini bildirdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.