Fransiya sport vaziri Olimpiada o‘yinlaridan oldin suv sifatini tekshirish maqsadida Sena daryosida cho‘mildi
Fransiya sport vaziri Ameli Udea-Kastera “Aleksandr III” ko‘prigidan “Nogironlar” ko‘prigigacha suzib bordi. Unga fransuz paratriatletchisi Aleksis Ankinkvant hamrohlik qildi.
“Va’da bajarildi”, – deb yozadi Udea-Kastera suzishdan keyin X tarmog‘ida.
Avvalroq triatlon va suzish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan Senada xavfli bakteriyalarning yuqori konsentratsiyasi aniqlangan edi. Rasmiylar suvni tozalash uchun taxminan 1,4 milliard yevro sarfladi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xalqaro olimpiya qo‘mitasining rahbari Tomas Bax ham Udea-Kasterdan o‘rnak olishga va daryoga sho‘ng‘ishga tayyor ekanliklarini bildirgan.
Ulashish:
Sharhlar