Fransiya sudi Pavel Durovni hibsda saqlash muddatini uzaytirdi
25-avgust kuni kechqurun Parij sudi sudyasi Telegram asoschisi Pavel Durovni hibsda saqlash muddatini yana 48 soatga uzaytirdi, deb xabar berdi La Provence va AFP. Endi muddat 96 soat etib belgilandi, shundan so‘ng sudya mahbusning taqdiri bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. U yo ayblanadi yoki ozod qilinadi.
Nazariy jihatdan, ayniqsa og’ir holatlarda (narkotik moddalar savdosi, terrorizm) hibsga olish 120 yoki 144 soatgacha uzaytirilishi mumkin. Shundan so’ng, sud ozodlikdan mahrum qilish to’g’risida qaror qabul qilgandan keyin ham, agar ushlab turilgan shaxsni sudga olib kelish zarurati tug’ilsa, jinoiy politsiya binosida qo’shimcha 20 soatgacha ushlab turish qo’shilishi mumkin.
Fransiya fuqaroligiga ega bo‘lgan Pavel Durov 24-avgust kuni kechqurun Parij aeroportida qo‘lga olingan. Fransiya OAVlarining yozishicha, tergov tadbirkorni Telegram’da moderatsiya yo‘qligi sababli terrorizm, firibgarlik va giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarga aloqador deb hisoblamoqda. Parij prokuraturasi 26-avgust kuni vaziyatga izoh berishga va’da berdi.
Sharhlar