Fransiyada Marin Le Pen saylov kampaniyasining moliyalashtirilishi bo‘yicha ish tergov qilinmoqda
2-iyul kuni Parij prokuraturasi o‘ta o‘ngchi “Milliy birlashma” partiyasining siyosatchisi Marin Le Pen 2022-yilgi prezidentlik saylovlari kampaniyasini moliyalashtirish qoidalarini buzganlikda gumon qilinib, tergov boshladi. Bu haqda DW xabar beradi.
Aniqlik kiritilishicha, tergov Saylovoldi kampaniyalarining hisoblari va siyosiy moliyalashtirish bo‘yicha milliy komissiya (CNCCFP) 2023-yil aprel oyida Le Penning prezidentlik saylovi kampaniyasi hisoblari bo‘yicha ma’ruza tayyorlab, Parij prokuraturasiga yuborganidan keyin boshlangan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, boshqalar qatorida, so‘z saylov kampaniyasi uchun kredit va mablag‘larni o‘zlashtirish haqida ham bormoqda.
Fransiyada saylov kampaniyalarini moliyalashtirish chegaralari
Frantsiyada nomzodlarga saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablag‘ning qonuniy chegarasidan oshib ketishi taqiqlangan. CNCCFP ushbu sohada tekshiruvlar o‘tkazadi. Agar nomzod moliyaviy bazaga rioya qilsa, davlat unga xarajatlarning bir qismini qoplaydi.
Aks holda, CNCCFP davlat tomonidan taqdim etiladigan kompensatsiya miqdorini kamaytirishi va kerak bo‘lganida ishni sudga tergov qilish uchun yuborishi mumkin, deya tushuntiradi BFMTV. Bu regulyator Marin Le Penning 2022 yilgi prezidentlik saylovlari kampaniyasi bilan bog‘liq hisoblarini tekshirgandan keyin sodir bo‘ldi.
Avvalroq, BFMTV telekanaliga bergan intervyusida komissiya jinoiy huquqbuzarlik sifatida tasniflanishi mumkin bo‘lgan faktlar haqida prokuraturaga, xususan, Parij prokuraturasiga «ko‘pincha» xabar berishini ta’kidlagan edi. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Le Pen 2022 yilgi prezidentlik saylovlarida CNCCFP hisoboti tayyorlangan yagona nomzod emas.
Sharhlar